
Krishtianu Ronalduning goli "An-Nasr"ga muhim o‘yinda g‘alaba keltirdi. Chempionlik uchun kurash davom etadi!
Saudiya Arabistoni chempionati 28-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" va "Ash-Shabob" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur to‘qnashuvda maydon egalari kambek amalga oshirib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu jamoasining 3-goliga mualliflik qildi. Jaloliddin Masharipov esa jarohati sababli o‘ynamadi.
Chempionat yakuniga ikki tur qolganda riyodliklar birinchi o‘rindagi "Al-Ittihod"dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Fikrlar