"Kristal Pelas" "Manchester Siti" himoyachisini olishga kirishdi

  • 26 avgust, 19:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas" yozgi transferlar oynasida faqat ikki futbolchini olishga ulgurdi — darvozabon Uolter Benites va himoyachi Borna Sosa. Shu bilan birga, jamoa etakchisi Eberechi Eze "Arsenal"ga 67,5 mln evro evaziga ketdi, Mark Gexining ham sotilishi ehtimoli bor.

Tecno

"SunSport" nashrining xabariga ko‘ra, Oliver Glasner yozgi transferlar yopilishidan oldin katta "transfer"ni rejalashtirmoqda. "Pelas" 30 yoshli "shaharliklar" himoyachisi Manuel Akanji uchun rasmiy taklif yo‘lladi. Taklif 15 mln funt va bonuslarni o‘z ichiga olgan.

Akanji o‘tgan mavsumda manchesterliklar safida 40 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. U 2022 yilda "Borussiya Dortmund"dan "Siti"ga kelgandan buyon jami 136 o‘yinda 5 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.

Shveytsariya terma jamoasi himoyachisi ikki marta Premer-liga chempioni bo‘lgan. U "Pelas"dan ketishi mumkin bo‘lgan Mark Gexining o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!