"Kristal Pelas" "Manchester Siti" himoyachisining xizmatlariga qiziqmoqda
"TEAMtalk" nashrining xabariga ko‘ra, "Kristal Pelas" kelasi yozda "Manchester Siti" himoyachisi Natan Akeni o‘z safiga qo‘shib olish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, "Pelas" Akening nomzodini jamoani mavsum oxirida tark etadigan Mark Gexiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Gexi joriy yilning yanvar oyidayoq klubini o‘zgartirishi ham istisno etilmayapti.
Joriy mavsumda 30 yoshli Natan Ake barcha musobaqalar doirasida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist bilan jamoasiga yordam bera olmadi.
Akening "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evroni tashkil etadi.



Fikrlar