Kristian Karambyo va Karles Puyol Jahon kubogini Toshkentga olib keldi

  • 6 iyun, 2022, 17:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"FIFA World Cup Trophy Tour by Coca-Cola" loyihasi doirasida Toshkentda bir nechta tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ularda Jahon chempionati g‘oliblari — Kristian Karambyo va Karles Puyol maxsus mehmon sifatida ishtirok etmoqda.

Tecno

Dastavval mehmonlar Jahon chempionati kubogini o‘zbekistonlik yosh futbolchilarga namoyish etish orqali ularga motivatsiya berish, shuningdek, master-klass o‘tkazish uchun “Bunyodkor” akademiyasi maydoniga tashrif buyurishdi. Jahon futboli afsonalari yoshlarimiz bilan suhbatlashib, ular bilan birgalikda futbol o‘ynadilar. E’tiborli jihati, mazkur uchrashuvni Jahon chempionatlari rekordchisi, sobiq FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib bordi.

photo_2022-06-06_17-04-51

puyol carambari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!