
Kristina Plishkova WTA tarxidan o‘chmas iz qoldirdi
Chexiyalik tennischi Kristina Plishkova Lyuksinburgda bo‘lib o‘tayotgan WTA musobaqasining ikkinchi davrasida Puerto Riko vakilasi Monika Puig bilan bo‘lgan bahsda 28 ta eys zarbasini amalga oshirdi.
Bu natija tarixdagi ikkinchi natija hisoblanadi. Aslida mutloq rekord xam aynan Kristina Plishkovaga tegishli bo‘lib, u mazkur natijani 2016 yili Avtraliya ochiq chempionati musobaqasida, Monika Puigga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan(31 ta eys).
Shuningdek, germaniyalik Sabin Lisitski bir o‘yinda 27 ta eys qaytb etib, tarixdan eng ko‘p eysga erishgan ikkinchi tennischi sifatida joy olgan.
Fikrlar