
Kroufordning murabbiyi: "Madrimov bu vaznning "Golovkini"
Ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni amerikalik Terens Krouford (40-0, 31 KO)ning murabbiyi Brayan Makintayr shogirdining bo‘lajak raqibi haqida hurmatga sazovor gaplarni aytmoqda.
"Madrimov va uning jamoasi shunchaki ajoyib. Ular o‘z ustida juda ko‘p ishlayapti. Bizni aql bovar qilmaydigan jang kutmoqda. Isroil ushbu vaznning Golovkini. Terensni unga qarshi o‘ta qiyin jang kutyapti. Ammo Krouford o‘zini eng zo‘ri ekanligini yana bir bor isbotlashga harakat qiladi va o‘ylaymanki, buning uddasidan chiqadi", - dedi Makintayr.
Eslatib o‘tamiz, Krouford 3 avgust kuni o‘rta vazn toifasida WBA yo‘nalishi chempioni O‘zbekistonning mag‘lubiyatsiz bokschisi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO)ga qarshi to‘rtinchi vaznni zabt etishga harakat qilib ko‘radi. Jang 69.9 vazn toifasida o‘tkaziladi va 12 raund davom etadi.
Fikrlar