Kubalik bokschi murabbiyini nokautga uchratib qo‘ydi (video)

  • 23.12.2017 17:45
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kubalik bokschi Yunier Dortikos mashg‘ulotlarning birida o‘z murabbiyini nokautga uchratib qo‘ydi. 31 yoshli bokschi kutilmaganda murabbiyining yuziga zarba berib yuborgan.

Men hayotimda ikkinchi marta nokautga uchradim. Bunday holatlar murabbiy va shogird o‘rtasida bo‘lib turadi, –deya murabbiy Erik Kostanosning so‘zlarini keltiradi Tofight nashri. – Muhimi Dortikos o‘smoqda va Rossiyaga tayyorlanish uchun boramiz.

Eslatib o‘tamiz, Dortikos rossiyalik Murat Gassievga qarshi jangga hozirlik ko‘rmoqda. Bokschilar og‘ir vazn toifasining IBF va WBA chempionlik kamarlari uchun ringga chiqadi. Jang 3 fevral kuni Sochidagi "Bolshoy" muz arenasida “Birinchi xalqaro bokschilar forumi” doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!