"Kuban" ustozi Vadim Evseev "Navbahor"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng qanday fikrda?

  • 7 fevral, 2024, 15:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kecha “Navbahor” klubi Antaliyadagi oxirgi nazorat uchrashuvini Rossiyaning “Kuban” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 0:1 hisobida yutqazdi. O‘yindan so‘ng “Kuban” bosh murabbiyi Vadim Evseev klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Qisqacha qilib gapirganimda o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarini yakunlovchi qismiga keldik. Ertaga bizni mashg‘ulotlarimiz asosan qumda ishlash bo‘ladi.

Bugun biz o‘quv yig‘inidagi o‘yinlarimizni yakunladik. Biz Osiyo Chempionlar ligasida o‘z o‘yinlarini davom ettirayotgan "Navbahor" jamoasi bilan o‘yin o‘tkazdik.

Bungacha ham o‘zbek jamoalari bilan uchrashvular o‘tkazganmiz. Ko‘rinib turibdiki, jamoa bekorga yashil maydonda vaqt o‘tkazmagan. O‘yin bog‘lamlarini va harakatlarini yo‘lga qo‘ydik.

O‘yin birdamligimizni ko‘rsatdi. Bundan ko‘nglimiz to‘ldi. Bizni bir qancha o‘yinchilarimizda muammolarimiz bor, kimdir davolanmoqda, kimdir kechroq boshladi. Maqsadimiz uch bosqichli yig‘inda jamoamizni to‘liq holatda tayyor bo‘lishidir va shuningdek, jarohatlardan yiroq bo‘lishni istaymiz”, - deydi Vadim Valentinovich.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!