Kubarsi: "Biz "Real"ni kechirdik"

  • 6 aprel, 13:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsining fikricha, La Liga doirasidagi "Betis"ga qarshi 1:1 hisobidagi durangdan keyin jamoa katta imkoniyatni qo‘ldan boy berdi.

Kataloniyaliklar Madridning "Real" jamoasidan farqni olti ochkoga etkaza olishlari mumkin edi, ammo bunga erisha olishmadi. Avvalroq "qirollik klubi" o‘z maydonida kutilmaganda "Valensiya"ga 1:2 hisobida yutqazgandi.

“Biz "Real"ni kechirdik, ammo "Atletiko"ni ham chetda qoldirib bo‘lmaydi. Agar chempion bo‘lishni istasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak. Bugungi durang biz uchun mag‘lubiyatdek tuyulyapti. "Real" xatoga yo‘l qo‘yganidan keyin biz g‘alaba qozonib, ustunlikni 6 ochkoga etkazishimiz kerak edi,” – dedi 18 yoshli himoyachi.

Hozirda "Barselona"ning hisobida 67 ochko bor, "Real"da esa – 63. "Atletiko" 57 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda va bitta zaxira o‘yiniga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!