
Kubo faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin!
Yaponiya milliy terma jamoasi va Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi futbolchisi Takefusa Kubo jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Unga "Liverpul" tarafidan jiddiy tarzda qiziqish bo‘lmoqda.
Bu xabarni Yaponiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri “Nippon Sports” tasdiqladi. Manba xabariga ko‘ra, ikkala jamoa xozirda muzokaralarning dastlabki bosqichiga kirishgan.
Yaponiyalikning transferi ingliz klubiga 65-70 million evroga tushishi mumkin. Futbolchining o‘ziga esa, yiliga naqd 15 million evroga teng maosh taklif qilinmoqda. Hozirda "qizillar" tarkibida yana bir yapon futbolchisi Vataru Endo to‘p tepmoqda. Muzokaralar jarayonida bu faktor ham rol o‘ynagan bo‘lishi ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli Takefusa Kubo ortda qolgan 2023/2024 yilgi mavsumda "Real Sosedad" safida barcha musobaqalar hisobidan 30 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z xisobiga 7 ta gol va 3 assist yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar