Kubok finalidan so‘ng Obameyang kelajagi borasidagi savollarga javob qaytardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya kubogi finalidagi g‘alabada jamoasining ikkala goliga mualliflik qilgan Per-Emerik Obameyang kelajagi haqida nimalarni o‘ylayotgani to‘g‘risidagi savolga javob berdi:

"Hozircha, hech narsani o‘ylamayapman. Ayni daqiqalarda kubok g‘olibligi kayfiyatidaman".

Shuningdek, Mikel Arteta ham final qahramonining "Arsenal"da qolishiga umid bog‘layotgani haqida gapirdi:

"Obameyang, u haqida nima deb o‘ylashimni biladi. Men jamoani aynan "Oba"ning atrofiga qurmoqchiman. Umid qilamanki, u biz bilan qoladi. 

Ayni mana shu g‘alaba unga biz to‘g‘ri o‘lda ekanimizni ko‘rsatishi kerak", - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!