"Kuchimiz etmay qoldi, demagan bo‘lardim, bu savolning javobini mavsum oxirida topamiz" - "Neftchi" futbolchisi

  • 20 aprel, 2023, 04:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, “Neftchi” klubi joriy chempionatni mag‘lubiyatsiz davom ettirib kelmoqda va “Bunyodkor” bilan musobaqa jadvalida qo‘shhokimlikni o‘rnata olgan.

Farg‘onaliklar oxirgi turda o‘z maydonida “Turon”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang natija qayd etdilar. Agar ushbu uchrashuvni g‘alaba bilan tamomlaganlarida hozir mutlaq peshqadamga aylanib olgan bo‘lardi. Biroq o‘sha bahsning oxirgi daqiqalarida “Neftchi” o‘z darvozasidan gol o‘tkazib g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

Jamoaning iste’dodli futbolchilaridan biri Abbos G‘ulomov asta-sekin “Neftchi”ning etakchi figuralaridan biriga aylanib boryapti. Kuni kecha Sports.uz jurnalisti ushbu ijrochi bilan suhbatda bo‘ldi.

- "Neftchi" "Turon"ga qarshi bellashuvda so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Oxirida jamoaning kuchi etmay qoldimi?

- G‘alabani qo‘ldan chiqarganimiz alamli, albatta. Lekin kuchimiz etmay qoldi, demagan bo‘lardim. Shunchaki, qaerdadir omadimiz kelmadi. Oxirida muvozanatni yo‘qotib qo‘ydik, deb o‘ylayman.

abbos

- G‘alaba qo‘ldan chiqarilgani jamoa kayfiyatiga qanchalik ta’sir qildi?

- Hamma o‘zi uchun kerakli xulosalarni chiqardi va keyingi uchrashuvlarda yo‘qotilgan ochkoning o‘rnini qoplashga harakat qilamiz.

- Oldinda "Neftchi"ni safarda "Buxoro"ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Raqibni o‘rgandinglarmi? Kuchsiz va kuchli taraflari nimada deb o‘ylaysiz?

- Murabbiylar o‘rganib, ko‘rsatmalar berishadi. Biz shu ko‘rsatmalarni bajarib, raqibning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz tarafidan foydalanishga harakat qilamiz.

abbos1_1

- “Buxoro”ga qarshi uchrashuvdan nima kutyapsiz?

- Qiziqarli o‘yinni va albatta g‘alabani.

- "Neftchi" chempionatni mag‘lubiyatsiz davom ettiryapti. Bunday paytda yutqazmaslik va mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirish uchun durang ham jamoa uchun yaxshi natijaga aylanadimi?

- Mag‘lubiyatsiz seriyani g‘alaba bilan davom ettirishni xohlaymiz. Ammo doim ham biz o‘ylagandek bo‘lavermaydi.

- Vitaliy Levchenko siz ko‘rgan murabbiylar orasida eng yaxshisimi?

- Eng yaxshilaridan biri degan bo‘lardim.

abbos2_1

- Futbolchiga raqamni qanchalik ahamiyati bor va siz aynan to‘p surayotgan 70- raqamni tanlashingizga sabab nima?

- Biror-bir ahamiyati bor deb o‘ylamayman. 70 ni tanlashimga aniq bir sabab yo‘q. Shu raqam bo‘sh bo‘lganligi uchun tanlaganman va men uchun qadrli bo‘lib qolgan.

- Mavsum so‘nggida kuchli uchlikda qaysi jamoalarni ko‘ryapsiz?

- Bu savolning javobini mavsum oxirida topamiz (kuladi).

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!