
Kuchli beshlik ligalarida uchta 40 yoshdan o‘tgan futbolchi qoldi
Kuchli beshlik ligalari tarkibiga kiruvchi Angliya Premer-ligasi, Liga 1, A Seriya,Yu Bundesligi va La Ligada o‘ynash oson emas.
Biroq Evropaning eng kuchli ligalarida hamon faoliyatini davom ettirayotgan “qariyalar” ham bor.
Statistika mutaxassislarining ma’lum qilishicha, “Top-5” ligalarida yoshi qirqdan o‘tgan uch nafar futbolchi bor. Ulardan biri chililik posbon Klaudio Bravo La Ligada “Betis” darvozasini qo‘riqlamoqda.
Frantsiya chempionatida “Nitstsa”da o‘ynayotgan himoyachi Dante ham hali faoliyatini tugatmoqchi emas. A Seriya vakili “Milan”ning zaxira darvozaboni Antonio Mirante ham qo‘lqopini echish niyatida emas.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Angliya Premer-ligasi va Germaniya Bundesligasida 40 yoshli futbolchilar umuman qolmagan.
Fikrlar