Kukurelya kubok ko‘tarish jarayonidagi Tramp bilan bo‘lgan voqea haqida: “Juda qo‘rqib ketdim”

  • 23 iyul, 01:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" himoyachisi Mark Kukurelya Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi sovrin topshirish marosimi haqida qiziqarli hikoya qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Trampning marosimdagi ishtiroki futbolchilar uchun kutilmagan holat bo‘lgan.

Tecno

"Bizga aytildi – Tramp sovrinni topshiradi, lekin uni ko‘tarishimiz uchun u ketishi kerak. Albatta, uning chiqib ketishini kutdik. Ammo bu odam ketishni istamadi. Biz unga qaradik, u esa: "Ko‘taringlar, men bu erda qolaman", dedi. Unga kim nima derkin, deb o‘ylab qoldim. Juda qo‘rqib ketdim" – dedi Kukurelya "Jijantes FC"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati AQShda bo‘lib o‘tdi. Finalda Entso Mareski qo‘l ostidagi "Chelsi" PSJni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

Qo‘shimcha sifatida, kelasi yili AQSh, Kanada va Meksika birgalikda milliy termalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!