Kuman bilan urishib qolgan futbolchiga superklubdan taklif bo‘ldi
“Barselona”ning yosh futbolchisi Riki Puch tez orada “Manchester Siti”ga o‘tib ketishi mumkin. Yaqinda futbolchi Kataloniyadan ketishga tayyor ekanini bildirgandi.
Gap shundaki, mavsum boshlanishidan avval, Ronald Kuman 21 yoshli futbolchini ijaraga jo‘natmoqchi bo‘lgandi. Biroq, Puch bunga ko‘nmadi. Keyinroq, bosh murabbiy uni jamoa ichidagi gaplarni ommaviy axborot vositalariga sizdirayotganlikda aybladi. U bu ayblovni boshqa futbolchilar oldida aytgani Puchning nafsoniyatiga tegdi.
Jamoadagi bosim kuchayib ketganidan keyin iste’dodli futbolchi ketishga qaror qildi. Unga qiziqayotgan “Manchester Siti” Puchni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Chunki, futbolchining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga etadi.
“Barselona” rahbariyati esa akademiya tarbiyalanuvchisining roziligini olgan holda o‘zaro hakorlikni 2023 yilning yozigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar