Kuman Messini Chempionlar ligasida o‘ynatmaydi

  • 23 noyabr, 2020, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasi guruh bellashuvlarining navbatdagi turida ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, jamoa sardori Lionel Messi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Kataloniyaliklar murabbiylar shtabi uchrashuvga 19 nafar futbolchi - Mark-Andre ter Shtegen, Serjino Dest, Karles Alenya, Antuan Grizmann, Miralem Pyanich, Martin Breytueyt, Usmon Dembele, Riki Puch, Neto, Filipe Koutino, Kleman Langle, Fransisku Trinkau, Jordi Alba, Mateus Fernandes, Xunior Firpo, Ignasio Penya, Oskar Mingueza va Konrad de la Fuenteni jalb qildi.

“Barselona” bu gal Kiev shahrida “Dinamo” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Bu jamoalarning Barselonadagi birinchi davra uchrashuvidagi bahsi 2:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘lgan edi.

Yaxshiboevni qanday sovrin kutyapti?

“Liverpul” engilmas jamoaga aylandi

“Arsenal” Zidanning shogirdini chaqirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!