Kuman: "Ofsaydni ko‘rish uchun hakamga lupa kerak edi"

  • 14 fevral, 2021, 10:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Alaves" ustidan qozonilgan yirik  hisobdagi g‘alabadan so‘ng, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Bizda PSJdan o‘tishimizga ishonch bor. Ularda yo‘qotishlar bor, bizda ham. Ularni nokautga uchratmoqchi bo‘lsak, eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Raqib kuchli, biz ham shunday. 

VARning qarori? Grizmanni ofsaydda ekanligini ko‘rish uchun lupa kerak edi. Boshqa hech narsa demayman. Bu hakamning xatosi emas. 

Messi hozirda hammani o‘ziga jalb qilmoqda. Uni baxtli ko‘ryapman. Jamoadoshlari unga yordam bersa, Leoga ham osonroq bo‘ladi. PSJdan o‘tish uchun bizga Messining ayni damdagi holati kerak", - dedi murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!