Kuman qaltis savolga qanday javob berdi?

  • 21 mart, 2021, 18:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kumandan Erling Xoland transferi haqida so‘rashdi. Niderlandiyalik mutaxassis bu savolga aniq javob bermadi.

Xoland boshqa jamoada o‘ynaydi va uning klubiga bo‘lgan hurmatimiz yuzasidan o‘zimizniki bo‘lmagan futbolchi haqida gapirish vaqti emas. Shartnoma imzolangani haqida gap-so‘zlar urchiyapti. Bu menga yoqmaydi. Men bor e’tiborimni navbatdagi o‘yin va qo‘l ostimdagi futbolchilarga qaratishim kerak, - dedi Kuman.

Avvalroq, Kataloniya klubi norvegiyalik yulduz transferiga mablag‘ topish maqsadida yozda Filippe Koutino, Samuel Umtiti, Martin Breytyeyt, Junior Firpo, Antuan Grizmann va Usmon Dembeleni sotib yuborishga tayyorligi aytilayotgan edi.

Erling Xolandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Kelasi yil yozda hujumchini 75 million evroga sotib olish mumkinligi to‘g‘risidagi band kuchga kiradi. Shu bois, dortmundliklar yozda uni 100 million evro atrofidagi mablag‘ga qo‘yib yuborishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!