
Kuman uch yulduzni kutmoqda
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yozgi transferlar davrida uch nafar yulduz futbolchini kutayotgani ma’lum bo‘ldi.
Niderlandiyalik mutaxassis kataloniyaliklar rahbariyati “Liverpul” bilan shartnomasi tugayotgan hamyurti Jorjjino Veynaldumni “Barselona”ga o‘tishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Shuningdek, Kuman qadrdon shogirdi Memfis Depay “Lion” bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent sifatida Kataloniyaga kelishini kutyapti. Kumanga kerak bo‘lgan uchinchi futbolchi – Erik Garsiya ham “Manchester Siti”dan ketishga qaror qilgan. Katta ehtimol bilan u o‘zini tarbiyalagan “Barselona”ga qaytadi.
Qishki transferlar davrida Kuman faqatgina “Lill” himoyachisi Sven Botmanni olish bilan kifoyalanmoqchi.
Fikrlar