Kuman “Yuve”ning sotilmaydigan o‘yinchisini olmoqchi

  • 06.04.2021 23:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” rahbariyati himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Yuventus” vakili Matteys de Ligtni olishni rejalashtirmoqda.

Turin superklubi asosiy yulduzlaridan birini sotishni istamayapti. Biroq, Joan Laporta mashhur futbol agenti Mino Rayola bilan uchrashib, Erling Xoland bilan birga Matteys de Ligt transferini ham muhokama qilgan.

Futbolchining o‘zi ham “Barselona”ga o‘tishga qarshi emas. Chunki kataloniyaliklar tarkibida uning eng yaqin do‘sti Frenki de Yong to‘p tepmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman bilan ham Matteysning munosabati a’lo darajada.

“Yuventus” bu futbolchi uchun 75 million evro to‘lagan edi. Demak, Kumanning orzusi ushalishi uchun “Barsa” xo‘jayinlari yaxshigina xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!