Kumanga kerak bo‘lmaganlar klubdan birin-ketin ketmoqda

  • 22 sentabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman yangi boshlangan mavsumda asosiy tarkibdan joy berilmaydigan ikki nafar himoyachini boshqa jamoaga o‘tib ketishiga ruxsat berdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Xunior Firpo Kataloniyani tark etib, faoliyatini “Atalanta”da davom ettiradi. Italiyaliklar 24 yoshli futbolchini bir yil ijaraga olib, keyinchalik 18 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu ham boshqa jamoaga o‘tadi. Avvaliga bu himoyachiga ishonch bildirib, amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi bo‘lgan klub rahbariyati, endi uni Angliyaga transfer qilmoqchi.

26 yoshli himoyachiga ayni paytda “Vulverxepton” jiddiy qiziqish bildirmoqda va bu  transfer uchun 38 million evro tikishga tayyorligini ma’lum qilgan. Semedu ushbu jamoa tarkibidan “Tottenxem”ga o‘tib ketgan Mett Doertining o‘rnini egallashi kerak.

Ta’kidlash joizki,  “Barselona” rahbariyati bosh  murabbiy Ronald Kumanga ma’qul kelmayotgan bu ikki futbolchini sotib yuborishga qarshilik qilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!