Kumanning "Barselona"dan ketishi qanchalik haqiqat?

  • 18 may, 2021, 19:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi rahbariyati bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqarishga qaror qildi, deb xabar bermoqda RAC1.

Manbaning ta’kidlashicha, gollandiyalik mutaxassisning jamoadan ketish ehtimoli 99 foizni tashkil qiladi. Ayni paytda "ko‘k-anor ranglilar" yangi murabbiy izlash bilan band.

Avvalroq, OAVda "Barselona" Xavi Ernandesni taklif qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan edi, ammo ispaniyalik mutaxassis yaqinda Qatarning "Al-Sadd" klubi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

Joriy 2020/2021 yilgi mavsumda Kataloniya grandi Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmadi. “Barsa” EChLda 1/8 final bosqichidayoq kurashdan chiqib ketdi. La Ligada esa so‘nggi tur oldidan 3-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!