Kumanning qilig‘i qimmatga tushadi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman “Real” g‘alaba qozongan “el-klasiko”dan keyin hakamlarni tanqid qilgani bois unga nisbatan chora ko‘rilishi mumkin.
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasi Kumanga qarshi ish ochgan. Reglamentga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis aybdor deb topilsa, ikki uchrashuvdan 12 ta o‘yingacha diskvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, Kumanga moliyaviy jazo ham qo‘llaniladi.
Kuman “el-klasiko”dan keyin uchrashuv hakamlaridan tashqari, VAR uchun mas’ul bo‘lgan videoassistent referilarni ham qattiq tanqid qilgandi.

Fikrlar