Kumanning xafsalasi pir bo‘ldi

  • 11 yanvar, 2021, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman qishki transferlar vaqtida o‘zi kutayotgan futbolchilarni qo‘lga kirita olmasligi mumkinligini e’tirof etdi.

Tecno

Ayni paytda Kuman Memfis Depay, Jordino Veynaldum va Erik Garsiyani o‘z shogirdlari orasida ko‘rmoqchi. Ularning hozirgi klubi bilan shartnomasi yakunlanayotgani bois, arzon narxga transfer qilish mumkin. Masalan, Depayni olish uchun 7 million evro kifoya.

- Yaqin kelajagimiz uchun bu transferlar juda muhim. Tarkibni yaxshilashimiz kerak. Men hamon ba’zi pozitsiyalarni kuchaytirish tarafdoriman. Lekin klubning ahvolini ham tushunaman. Bu gal hech kimni xarid qila olmasak, keyingi transferlar mavsumini kutishimizga to‘g‘ri keladi, - dedi Kuman.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona”ning moliyaviy ahvoli o‘nglanmagan va klub yangi o‘yinchilar uchun etarli darajada mablag‘ ajrata olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!