
Kumikov jamoasi minimal hisobda yutqazdi
“Andijon” jamoasi bugun Rossiyaning “Olimp” klubiga qarshi nazorat bellashuvini o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda andijonliklar ustozi Viktor Kumikov yana bir bor asosiy tarkib a’zolari va yoshlarni sinovdan o‘tkazdi. Ammo mazkur o‘yinda “Andijon” “Olimp”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.
“Andijon”: Xurshid Xo‘jaev, Abduvohid G‘ulomov, Axmad Anvarov, Vladimir Bubanya, Ilhom Alijonov, Muhammadkarim Toirov, Goran Milochko, Azamat Isroilov, Farhod Sohibjonov, Bogdan Milich, Shahboz Erkinov.
Zaxirada: Eldor Adhamov, Muxammadali Tursunov, Hojiakbar Mo‘minov, Abdurahmon Komilov, Ibrohim Muxtorov, Ahror Inoyatov, Mirjalol Mirzaev, Asilbek Aysarov, Izzatilla Abdulxakov.
Fikrlar