
Kun tarixi. Bundan roppa-rosa 12 yil oldin "Milan" Afinada bo‘lgan EChL finalida "Liverpul"ni enggan edi (video)
Bundan roppa-rosa 12 yil muqaddam, ya’ni 2007 yilning 23 may kuni Gretsiya poytaxti Afina shahrida “Milan” hamda “Liverpul” jamoalari o‘rtasida UEFA Chempionlar ligasi final bahsi bo‘lib o‘tgan edi.
Shiddatli kechgan uchrashuv 2:1 hisobida “rossonerilar”ning g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Shu kuni “Milan” safida Filippo Indzagi dubl qayd etgan bo‘lsa, “Liverpul”ning yagona javob to‘pina Dirk Kyoyt mualliflik qilgandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilib, ajoyib finalni yana bir bor yodga olamiz:
Fikrlar
Unutmoq osonmas sizlarni