Kurashchilar reyting tizimi Osiyo qit’asidan boshlanadi

CHERY AUTO

Pattaya shahrida yoshlar o‘rtasida kurash bo‘yicha VI Osiyo chempionati doirasida Osiyo–Okeaniya kurash konfederatsiyasining III kongressi yakunlandi.

Tecno

Tashkilot matbuot xizmatining SPORTS.uzga ma’lum qilishicha, kongress yig‘ilishida qit’amizning 20 ga yaqin davlati kurash federatsiyalari vakillari ishtirok etdi. Konfederatsiya prezidenti Komil Ro‘zievning barcha ishtirokchilarga tabrigi o‘qib eshittirilgandan so‘ng Kongress faoliyati ochiq, deb e’lon qilindi.

Kongressda Tailand kurash assotsiatsiyasi prezidenti, yoshlar o‘rtasida VI Osiyo chempionati tashkiliy qo‘mitasi raisi Pulsak Sajathamnukul va Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse-prezidenti Mirzaquli Qurbonov mazkur xalqaro musobaqani o‘tkazish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari haqida hisobot taqdim etdi.

Ta’kidlash lozimki, dunyo sayyohlarining sevimli maskanlaridan biri hisoblanadigan Pattaya shahri mezbonligidagi VI Osiyo chempionati yuqori darajada tashkil etildi. Unda qit’amizning 20 ga yaqin davlatidan 200 dan ziyod yosh kurashchi g‘oliblik uchn gilamga tushmoqda.

Kongressda Kurash xalqaro assotsiatsiyasi (IKA) texnik direktori Rizo Nassiri so‘zga chiqib, Osiyo qit’asi IKA oilasida eng kuchli konfederatsiyalaridan biri ekanini qayd etdi. IKA tomonidan dunyo kurashchilari reyting tizimi joriy etilmoqda. Mazkur tizim sinov tariqasida Osiyo qit’asidan boshlanadi, deb ma’lum qildi u.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi vitse-prezidentlari Samsudin (Indoneziya) va Kim Eur Jong (Koreya Respublikasi) lavozimlaridan ozod etildi.

Kongressda Bangladesh Laos va Qirg‘iziston kurash federatsiyalari KSAO a’zoligiga qabul qilindi.

Shuningdek, Kongress qit’amizda kurashni yanada rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qilish  maydoniga aylandi. Qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Bu yo‘nalishdagi harakatlar dasturi asosida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!