Kursisi qimirlab qolgan Mourino o‘zini qutqaradigan futbolchi topdi

  • 2 mart, 2021, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem”ning muvaffaqiyatsiz o‘yinlari tufayli kursisi anchagina qimirlab qolgan Joze Mourino jamoa tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis yozgi transferlar vaqtida Londonga Bundesligada porlayotgan Marsel Zebittserni olib kelishga qaror qilgan. 26 yoshli avstriyalik futbolchining “Leyptsig” klubi bilan shartnomasi 2022 yilda yakunlanadi va bu transferni amalga oshirishni osonlashtiradi.

“Leyptsig” Marsel Zabittser transferidan foyda ko‘rish uchun uni 30 million evroga sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Zebittser joriy mavsumda Bundesligada 18 ta o‘yinda ettita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!