
Kursisi qimirlayotgan Lempard yana yangi yulduzlarni so‘rayapti
Yozgi transferlar vaqtida katta xarajat evaziga bir necha futbolchilarni qo‘lga kiritganiga qaramay, Frenk Lempard kuchli jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘ya olmayapti. “Chelsi” ko‘p ochko yo‘qotayotgani bois klub rahbariyati boshqa murabbiy qidirmoqda.
Shunga qaramay, Lempard jamoani yangi o‘yinchilar bilan kuchaytirish kerak, degan fikrda.
- Menda yangi g‘oyalar bor. Ularni futbolchilar va rahbarlar bilan muhokama qilishga tayyorman. Biz yanada kuchayish uchun yangi o‘yinchilar kerak. Men o‘z ishimni davom ettirishimga ishonaman, - dedi Lempard.
Ayni paytda Lempard jamoaga “Bavariya”ning universal himoyachisi David Alaba va “Brayton” himoyachisi Uaytni olib kelmoqchi.
Fikrlar