
Kurtua: Men qaytishga tayyorman
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi.
- Men terma jamoada bir yarim yil o‘ynamadim. Hozir esa qaytishga tayyorman, - deya darvozabonning so‘zlarini keltirmoqda insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua Domeniko Tedesko bilan ziddiyat tufayli mamlakat terma jamoasida o‘ynamagan. Germaniyalik mutaxassis allaqachon jamoa bosh murabbiyligidan ketgan, uning o‘rnini Rudi Garsiya egallagan.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 32 yoshli belgiyalik posbon 21 ta o‘yin o‘tkazdi. Kurtua 19 ta gol o‘tkazib yubordi va ettita uchrashuvda darvoza daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar