Kurtua "Real"ga etishmayotgan narsani aytdi

  • 22 oktabr, 2024, 17:51
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoada muammolar yo‘q deb hisoblaydi.

Tecno

- Sizningcha, jamoaning himoyadagi muammolari fizika bilan bog‘liqmi yoki mavsum boshidagi kayfiyat sababmi?

- Har birimizning kayfiyatimiz doimo yuqori. Biz doimo jamoa bo‘lib himoyalanishga harakat qilamiz.

Ba’zilar uzoq mavsumdan so‘ng deyarli dam olishgani yo‘q. Biz buni hal qila olamiz. Mavsumni yaxshi yakunlash uchun keyingi o‘yinlarda g‘alaba qozonish muhim.

- Sizningcha, jamoaga nima etishmayapti?

- O‘zgarishlar bor, ba’zi futbolchilar ketishdi. Moslashish uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi. Bu siz tasavvur qilganingizdek yomon emas. Biz bu haqda gaplashdik va vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqdamiz, - dedi "Real" darvozaboni Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Los-Blankos" jamoasi La Liga turnir jadvalida 24 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda. Jamoa bugun "Borussiya Dortmund"ga qarshi bahs olib boradi. Bahs soat 00:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!