Kutganmidingiz?! Ronalduning debyuti Messiga qarshi bo‘ladi

  • 9 yanvar, 2023, 19:23
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu "Al-Nassr" va "Al-Hilol" yulduzlari bilan birgalikda PSJga qarshi o‘ynashi mumkin. 

Avvalroq, Frantsiya klubi 19 yanvarda Ar-Riyodda "Al-Nassr" hamda "Al-Hilol" yulduzlariga qarshi o‘yin o‘tkazishi haqida xabar bergandi. 

Riyodliklar ustozi Rudi Garsiya mazkur bahsda Ronalduni tushirishi mumkin. Ushbu bellashuv Krishtianuning Saudiya klubidagi debyuti bo‘lishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, hozircha Ronaldu "Al-Nassr" safida o‘ynay olmaydi. U "Manchester Yunayted"daligida ikkita uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!