Kutib oling, Premer-ligaga “o‘zbek Messi”si kelyapti!

  • 2 avgust, 2023, 08:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisini Abbosbek Fayzullaevning Rossiya Premer-ligasi vakili TsSKAga transferi rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

“Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adisman futbolchi Moskvaga yo‘l olgani, TsSKA transfer bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirib bo‘lganidan keyin bu xabar rasman e’lon qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

776f90bd518cbffa433fb5ef0bb6f606

Rossiya futboli tahlilchilari, ommaviy axborot vositalari Premer-ligaga qadam qo‘yayotgan o‘zbek futbolchisi haqida o‘zlari topgan ma’lumotlarni muxlislari e’tiboriga havola etmoqda.

Dzen platformasidagi “Budni TsSKA” kanali moskvaliklarning yangi o‘yinchisi haqida quyidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

- Osiyo futbolining eng iqtidorli futbolchisi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullaev TsSKA o‘yinchisiga aylanmoqda. “Qizil-ko‘klar” 19 yoshli hujumkor futbolchi transferi bo‘yicha “Paxtakor” bilan kelishib bo‘lgan.

Abbosbek chap oyoqda zo‘r o‘ynagani bois, uni  jahon futboli yulduzi Lionel Messiga qiyoslab, “o‘zbek Messi”si deyishadi.  

Fayzullaev yosh bo‘lishiga qaramay, “Paxtakor”ning etakchi futbolchisi va mamlakat terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

O‘zbek futbolchisining ajralib turadigan xislati futbol maydonida etakchilik qobiliyatini namoyish eta olishidir. Murakkab vaziyatlarda mas’uliyat va tashabbusni o‘ziga olib, uchrashuv taqdirini hal qila oladi.

Abbosbek asosan o‘ng qanot hujumida o‘ynaydi. Yosh iqtidor egasi to‘pni chap oyog‘iga to‘g‘rilab olib, Messi uslubida hujum markaziga o‘tib, chiroyli va aniq zarba bilan gol urishni yoqtiradi.

Joriy mavsumda O‘zbekiston chempionatida Fayzullaev “Paxtakor” safida oltita uchrashuvda ikkita to‘p kiritdi va bitta golli pas uzatdi.

Fayzullaevning rasmiy transfer narxi ayni paytda 750 ming evroga baholanmoqda.

Fubol ekspertlari bundan iqtidor egasi Moskva armiyachilarining tarkibini kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bu transferning muhim jihatlari hisoblanadi.

“O‘zbek Messi”sining TsSKAga transferi rasman tasdiqlanishini kutyapmiz, - deb yozmoqda “Budni TsSKA” kanali.

PZrsIBh2H28KaxqIl2MaFY6MQzwIBBgs

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli Abbosbek Fayzullaev 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida O‘zbekiston terma jamoasining etakchilaridan bo‘lgan. Bu jamoamiz 2023 yilda Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Abbosbek qit’a miqyosidagi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimiz Argentinada tashkil etilgan jahon chempionatida ham guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, nimchorak finalda ishtirok etdi. Mana shu mundialda o‘zini ko‘rsata olgan iste’dodli o‘yinchilarimiz birin-ketin Evropa klublariga yo‘l olmoqda.

Jumladan, yaqinda terma jamoa himoyachisi Abduqodir Husanov Frantsiya vitse-chempioni “Lans”dagi faoliyatini boshlab yubordi.

Yoshlar terma jamoamiz etakchilaridan Umarali Rahmonaliev Rossiya Premer-ligasida “Rubin” sharafini himoya qilmoqda.

734552_original

Mana endi ushbu terma jamoaning uchinchi vakili – Abbosbek Fayzullaev ham yosh bo‘lishiga qaramay, legioner maqomini olyapti.

Premer-liga klubi tez orada o‘zbek futbolchisi transferini e’lon qiladi

Bir necha daqiqa kifoya qildi: Frantsiyada futbolchilar va muxlislar Husanovga tan berdi!

Shomurodov “Milan” hujumchilari bilan o‘ynaydigan bo‘lyapti

“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Джураев Уктам
01/08/2023 18:33
бу жуссаси билан Россияда ўйнай олмайди