
Kutilmagan burilish. Zidan PSJni boshqarishni yana rad etdi!
PSJ Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqarganidan keyin jamoani Zinedin Zidanga topshirishga qaror qilgan edi.
So‘nggi xabarlarda klub xo‘jayinlari frantsiyalik mutaxassisni PSJ bilan bir paytda Frantsiya terma jamoasiga ham bosh murabbiylik qilishiga rozilik bergan, unga har mavsum uchun 25 million evro maosh to‘lanishi aytilgandi.
Biroq, taniqli jurnalist Romen Molinaning ta’kidlashicha, Zidan PSJni boshqarishdan bosh tortgan.
Klubning qatarlik xo‘jayinlari hamon jamoani Zidanga topshirmoqchi. PSJda ish boshlagan yangi sport direktori Luis Kampos “Nitstsa” bosh murabbiyi Kristof Galteni poytaxt klubiga olib kelishga harakat qilmoqda.
Fikrlar