Kutilmagan tanlov. Zidan kimga ishonishini aytdi!

  • 13 dekabr, 2020, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubni tark etishni istayotgan himoyachi Marselo va pleymeyker Iskoga qattiq ishonayotganini ma’lum qildi.

Tecno

- Men bu ikki futbolchiga har doim ishonaman. Ular keyingi paytda kam o‘ynayotganiga qaramay, mashg‘ulotlarda to‘liq kuch bilan ishlamoqda. Har ikkisi ham etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganini yaxshi bilan. Lekin vaziyat shunday. “Real”da futbolchi ko‘p, shu bois hammani ham o‘ynata olmayman, - dedi Zidan.

Ayni paytda Isko “Qirollik klubi” rahbarlaridan o‘zini qishki transferlar mavsumida qo‘yib yuborishni talab qilyapti. Ketish istagini bildirgan Marseloga ham “Inter” va “Yuventus”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!