Kutilmagan yangilik: yaqinda "Dinamo"ga o'tgan Bektemir Abdumannonav endi Qozog'istonda o'ynaydi!

  • 03.04.2026 01:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Oxirgi ikki mavsumni "Andijon"da o‘tkazib katta o‘sishga erishgan Bektemir Abdumannonav yangi mavsumni Samarqandning "Dinamo" klubida boshlagandi. Biroq, kutilmaganda futbolchi yana jamoasini o‘zgartirdi. Bu xususida klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Dinamo» PFK jamoa yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonav Qozog‘iston chempionati klubiga ijaraga berilganini ma’lum qiladi.

«Dinamo»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Qozog‘iston Premier-ligasida 3-o‘rinni egallab turgan «Oqjetpes» klubiga yarim mavsumga ijaraga berildi. Ijara kelishuviga binoan, «Dinamo» PFK Bektemir Abdumannonavni yozgi transfer oynasida o‘z safiga qaytarib olish huquqini saqlab qoldi.

«Dinamo» PFK Bektemir Abdumannonavning qo‘shni mamlakatdagi faoliyatiga omad tilaydi va qaytib, jamoamiz muvaffaqiyatlariga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonadi", - deyiladi rasmiy xabarda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!