KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston MTJning Osiyo kubogidagi o‘yinlarini o‘rganib chiqdik"
Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida KXDRni qabul qiladi. Mazkur uchrashuv oldidan bugun mehmonlar bosh murabbiyi Sim Yon Nam va futbolchi Jan Kvan Son matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Biz bu bosqichgacha etib kelgunga qadar ancha tayyorgallik ko‘rdik. Ba’zi bir o‘rtoqlik o‘yinlarini ham o‘tkazdik. O‘ylaymanki, bu bosqich ikkala terma uchun ham juda muhim. Har bir ochko qimmat ekanini hamma bilib turibdi. Ertangi uchrashuvda harakatlarimiz natijasini ko‘ramiz.
"JCh-2026" saralashi qur’asi haqida
Qur’a haqida gapiradigan bo‘lsam, umuman e’tirozim yo‘q. Ushbu guruhda ham ancha kuchli terma jamoalar yig‘ilgan. Barcha o‘ynlarda eng zo‘r o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston terma jamoasi haqida
Tabiiyki, raqibimizni o‘rganganib chiqdik. O‘zbekiston terma jamoasining Qatardagi Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki va unadagi uchrashuvlarni analiz qildik. Ushbu musobaqa orqali futbolchilar va murabbiy haqida etarlicha o‘rganib chiqdik.
Ikki terma jamoani solishtiruvi haqida
O‘sha 2010 yildagi terma jamoamiz bilan hozirgisini taqqoslash noo‘rin deb hisoblayman. Biz hozirga jamoaga ko‘proq e’tibor berimishiz kerak deb hisoblayman. Fokusimizni ertangi o‘yinga qaratganmiz.








Uy o‘yinlari Laosda o‘tishi haqida
10 sentyabrda bo‘lib o‘tadigan bahsni Laosda o‘tkazamiz. Noyabr, mart va keyingi o‘yinlarni qaerda o‘tkazishimiz aniq bo‘lib ulgurmadi. O‘zimizda bor masalliqdan yaxshi mahsulot tayyorlashimiz kerak. Uy o‘yinlarini neytral maydonda o‘tkazish bizga qo‘shimcha ustunlik bermaydi", - dedi KXDR terma jamoasi ustozi.
"Shu kungacha biz O‘zbekiston terma jamoasining bir qancha o‘yinlarini ko‘rib chiqdik va tahlil qildik. Menimcha, bu bosqichga ancha etarlicha tayyorgarlik ko‘rib keldik. Hozirda bizning oldimizda bitta vazifa va bu ham bo‘lsa ertangi bellashuvda borimizni berib, nimaga qodirligimizni isbotlashimiz kerak.
Mamlakatimizda yomg‘ir yog‘ganda sun’iy maydonda mashg‘ulot o‘tkazganmiz. Bu erda ma’lum bir sabablarga ko‘ra, mana shunday sun’iy maydonda shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi", - dedi Jan Kvan Son
Fikrlar