"Kyoln" o‘ziga yangi bosh murabbiy topdi

  • 21 dekabr, 2017, 09:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "Kyoln" klubi bosh murabbiyligiga 45 yoshli mutaxassis Shtefan Rutenbek tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda “echkilar” germaniyalik mutaxassis bilan joriy 2017/18 yilgi mavsum so‘nggiga qadar shartnoma imzolashgan. Eslatib o‘tamiz, Rutenbek ushbu lavozimda Peter Shtyogerni almashtirdi.

Ma’lumot uchun, hisobida bor yo‘g‘i 6 ochko bo‘lgan “Kyoln” ayni damda musobaqaning yaqqol autsayderi bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!