
La Liga. 100 daqiqa davom etgan bellashuvda "Atletiko" qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi
La Liga 9-turidan o‘rin olgan "Atletik" - "Atletiko" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar 1:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Matraschilar" tomonidan urilgan golga Antuan Grizmann mualliflik qildi.
Muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan Simeone shogirdlari ochkolari sonini 19 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 17 ochkosi bor bilbaoliklar 4-pog‘onani band etgan.
Fikrlar