La Liga. "Atletiko" autsayderni enga olmay, "Barsa"ning ishini engillashtirdi
La Liga 33-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Granada" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ushbu natijadan so‘ng "matraschilar" hisobidagi ochkolar soni 61 taga etdi. Ayni vaqtda ular La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinni band etgan. 30 ochkosi bor "Granada" 18-pog‘onada bormoqda.
Xabaringiz bor, ayni vaqtda "Atletiko" bilan bir qatorda "Barselona" hamda "Sevilya" ham 2-o‘rin uchun kurashmoqda. 2 ta o‘yin kam o‘tkazgan "ko‘k-anorranglilar"da hozircha 60 ochko mavjud.

Fikrlar