La Liga. "Barselona" o‘z uyida "Malyorka"ni qiyinchiliksiz mag‘lub etdi
La Liganing 23-turida "Barselona" oʻz uyida "Malyorka"ni qabul qildi va 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab, 29-daqiqada Robert Levandovski hisobni ochgan boʻlsa, 61-daqiqada Lamin Yamal uzoq masofadan aniq zarba berib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Mark Bernal ham 83-daqiqada oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi — 3:0.
Shu tariqa, kataloniyaliklar ochkolari sonini 58 taga yetkazdi va turnir jadvalida peshqadam boʻlib turibdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Barselona
- Robert Lewandowski 29'
- Lamine Yamal 61'
- Marc Bernal 83'
Tugadi
3
:
0
07.02.2026 20:15

Fikrlar