La Liga. Benzemaning gollari evaziga "Real" Kataloniyadan 3 ochko bilan ortga qaytdi

  • 29 avgust, 2022, 02:59
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Espanol" - "Real" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy o‘tgan bellashuvda madridliklar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

O‘yindagi hisobi Vinisius Junior tomonidan ochilgan bo‘lsa, Xoselu kataloniyaliklarning goliga mualliflik qilib, tablodagi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Uchrashuv yakuni arafasida Rodrigoning ajoyib uzatmasidan keyin Benzema gol urib, jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.

O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida, mezbonlar darvozaboni madridliklar futbolchisiga nisbatan qo‘pol o‘ynadi va hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi. Referi "Espanol" darvozasi yaqinida jarima zarbasi belgiladi. To‘p qarshisiga kelgan Benzema yana gol urib, "qirollik klubi"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!