
La Liga. Depayning goli "Barselona"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Ispaniya La Ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Atletik" – "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida Inigo Martines burchak to‘pidan so‘ng bosh bilan zarba yo‘llab hisobni ochdi. 75-daqiqada Memfis Depay kuchli zarbasini bilan oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
"Barselona" ushbu durangdan so‘ng ochkolar sonini 4taga etkazib oldi. "Atletik" hisobida esa 2 ochko bor.
Fikrlar