
La Liga. "Deportivo" o‘zida "Real Sosedad"ni "tekislab ketdi"
Ispaniya chempionati 14-tur so‘nggi o‘yinida "Deportivo" va "Real Sosedad" o‘zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yinda "Deportivo" 5:1 hisobida zafar quchdi. G‘oliblar safida Andone dubl qayd etgan bo‘lsa, Sidney, Inigo Martines va Babel bittadan gol kiritishdi.
"Real Sosedad" tarkibida faqatgina Yuri bitta javob to‘pini kiritdi.
Deportivo – Real Sosedad 5:1
Gollar: Sidney, 13, Inigo Martines, 29, Andone, 42, 77, Babel, 64 – Yuri, 57.
Deportivo: Titon – Xuanfran, Albentosa, Sidney, Fernando Navarro – Borxes, Gilerme (Moskera, 83) – Karles Xil, Cholak (Fajr, 87), Babel – Andone (Xoselu, 81).
Real Sosedad: Rulli – Karlos Martines, Raul Navas, Inigo Martines, Yuri – Xabi Prieto (Granero, 64), Ilyaramendi, Kanales (Koncha, 78) – Vela (Xuanmi, 64), Villian Xose, Oyarsabal.
Ogohlantirishlar: Cholak – Inigo Martines, Granero, Yuri, Xuanmi.
Fikrlar