
La Liga. Kataloniya klublari etkakchilik qilayotgan turnir jadvali bilan tanishing!
La Liganing 6-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur turda "Barselona" "Selta"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, "Jirona" "Malorka"ni 2 ta to‘p farqi bilan taslim qildi. "Valensiya safarda "Almeriya" bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, "Real" Sosedad" - "Xetafe" bahsi mezbonlarning 4:3 hisobidiga g‘alabasi bilan tugadi. "Madrid derbisi"da esa "Atletiko" "qaymoqranglilar"ni engdi va ushbu mavsumdagi g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘ydi.
6-turdan keyin "Barselona" turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. "Jirona" Xavi shogirdlari bilan bir xil ochko to‘plagan holda 2-pogonani band qildi. "Real" esa mag‘lubiyatdan keyin 3-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar