La Liga klubi bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirdi
“Selta” klubi bosh murabbiyi Oskar Garsiya jamoa bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 47 yoshli mutaxassis vigoliklar bilan 2022 yilning yozigacha tuzilgan yangi shartnomaga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, Garsiya “Selta”ni 2019 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. 31 tur yakunlariga ko‘ra “Selta” La Ligada 16-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar