La Liga: Messini olishga hozir “Barsa”ning qurbi etmaydi

  • 20 aprel, 2023, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati PSJ bilan shartnomasi yakunlanish arafasida turgan Lionel Messini olib kelish yo‘llarini qidirmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli qimmat transferlarni amalga oshirish, katta maoshli futbolchilarni olib kelish imkonini bermaydi.

La Liga rahbari Xaver Tebas “Barselona”ning Messini olishga bo‘lgan urinishlariga baho berdi.

- Messini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun “Barselona” juda ko‘p moliyaviy choralarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi. Rejani  amalga oshirish uchun ular ancha ter to‘kishi kerak.

Hozirgi kun haqida gapirsak, Messini olishga “Barselona”ning qurbi etmaydi. Lekin oldinda vaqt ko‘p. Ular Leoni olib kelish uchun muhim qadamlarni tashlashi lozim. Biz “Barselona”dan bu transferning iqtisodiy asoslarini ko‘rsatib berishini kutyapmiz, - dedi Xaver Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!