La Liga. "Olovli" "el-klasiko"da "Real" "Barselona"ni taslim etdi
Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan markaziy to‘qnashuv "Santiyago Bernabeu"da "Real Madrid" va "Barselona" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda "qirollik klubi" 2:1 hisobida "ko‘k-anoranglilar"ni taslim etishdi. Gollarga Kilian Mbappe (22'), Fermin Lopes (38') va Jud Bellingem (43') mualliflik qilishdi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Kilian Mbappening tepgan penaltisini Shesniy qaytardi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda "Barsa" yarim himoyachisi Pedri Tchumeniga qo‘pollik ishlatib, ikkinchi sariq kartochkani oldiva o‘yindan chetlatildi.
Shu tariqa, madridliklar ochkolarini 27 taga etkazib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamlab olishdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum
Real Madrid
- Jude Bellingham 43'
- Kylian Mbappé 22'
Tugadi
2
:
1
26.10.2025 20:15
Barselona
- Fermín López 38'



Fikrlar