
La Liga "Real" futbolchisini jazolaydi
"Real" hujumchisi Luka Yovich Ispaniya chempionati tashkilotchilari tomonidan jazolanishi mumkin.
Jarohat sabab jamoa yig‘inini o‘tkazib yuborayotgan serbiyalik hujumchi o‘z uyida do‘stlari bilan mehmondorchilik qilgan va karantin qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. Bir muddat oldin Ispaniya hukumati La Liga bahslarini karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazish sharti bilan ruxsat bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Yovich bundan oldinroq Serbiyada karantin buzganligi uchun uch yillik qamoq jazosi kutayotgani xabar qilingan edi.
Fikrlar