
La Liga. "Real" safarda g‘alaba qozonib, peshqadamga aylanib oldi
Ispaniya La Ligasi 8-turi doirasidagi "Xetafe" - "Real" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda madridliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol Eder Militao nomiga yozildi. U o‘yinning 4-daqiqasida burchakdan oshirib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Ushbu gol bellashuvda yagona bo‘lib saqlanib qoldi va "Real" 22 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi. "Xetafe" esa 7 ochko bilan 16-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar